Yangiliklar

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni

Bugun akademik litsey o‘quvchi-yigitlari tomonidan kun boshlanishiga pozitiv kayfiyat bag‘ishlash maqsadida barcha ayol ustozlar va o‘quvchi-qizlarni bayram arafasida chiroyli tabriklar ila kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Kasblar festivali

2020 yil 28 fevral kuni akademik litseyda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan 5chi tashabbus bo‘yicha o‘quvchi-qizlarimiz ishtirokida “Kasblar festivali” o‘tkazildi. Bu tadbirda qizlar kelajakda yaxshi kasbni egallash uchun  mehnatsevarlik, bilimga chanqoqlik, tirishqoqlik talab qilinishi va natijada faravon hayot, mamnunlik, xotirjamlik, qoniqish xosil bo‘lishi haqida tushunchaga ega bo‘lishdi.


Buyuk bobokalonlarimiz tavalludlarini nishonlash tadbiri bo’lib o’tdi

Bu xafta akademik litseyimizda buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludlarini nishonlash munosabati bilan bir qator tadbirlar va ko’rik tanlovlar bo’lib o’tdi. Aziz o’quvchilarmiz bu tadbirlarga munosiv tayyorgarlik ko’rib juda chirioyli chiqishlar qilishdi. Barcha ishtiriokchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


2020 yil 14 yanvar Vatan himoyachilar kuni


Konstitutsiya bilimdonlari

05.12.2019 kuni Akademik litseyida o‘tkazilgan  “Konstitutsiya bilimdonlari” nomli o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Breyn ring

29.11.2019 kuni akademik litseyida o‘quvchi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 1 kurs rus guruh o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan  “Breyn ring ”  nomli ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.


Bayrog‘imiz-millat faxrimiz

18.11.2019 yil kuni akademik litseyi foyesi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 28 yilligi nishonlash maqsadida  o‘tkazilgan  “Bayrog‘imiz-millat faxrimiz” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litsey direktori U.T. Yuldasheva, MMIBDO‘  G.Igamberdieva, O‘IBDO‘ O.Ro‘ziev,  Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Rasulova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri  N.Safarov, YoChT rahbari I.Yusupov,  akademik litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilar ishtirok etdi.


Sport-tinchlik va sog‘lom turmush garovi

14.12.2018 kuni akademik litseyi sport  zalida “Sport-tinchlik va sog‘lom turmush garovi” shiori ostida sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
Unda Akademik litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G. Z. Igamberdieva, O‘IBDO‘ U.M.Yaxshiev, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini targ‘ib qilishga bag‘ishlandi. Bolalar sportini, ommaviy va jamoaviy sportni yanada rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda sportga, mehnatsevarlikka oid bajariladigan qiziqarli shartlar orqali bolalarda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga keng jalb etish, mustahkam irodali, xar tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish. Guruhlararo dustlikni mustahkamlash.


Durdona qizlar davrasida

13.12.2018 kuni akademik litseyi majlislar zali “Durdona qizlar davrasida” tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda Akademik litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G.Z.Igamberdieva, xorijiy tillar kafedrasi mudirasi Abduqodirova M., ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o‘qituvchisi Rasulova G., akademik litseyi psixologi Xaydarova K., xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Rasulova D. va 1-kurs o‘quvchi qizlari qatnashdi.
Xalqimiz azal-azaldan xotin-qizlarni ardoqlab kelgan. Bu ezgu an’ana mustaqillik yillarida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va yurtimizda ayolni ulug‘lash, ijtimoiy muhofaza qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, sohaga oid 80 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ijtimoiy hayotga joriy etildi. Natijada xotin-qizlar bugun yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, keng jamoatchilikning yuksak ishonchi va hurmatiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti-har bir jamoada mehnat qilayotgan ayollar va qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni tiklash, jamoada barqaror sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, xotin-qizlar orasida mehnat muhofazasi masalalarini amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, ular orasida reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayollar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish, xotin-qizlarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy savodxonligini oshirish, ularda oila mustahkamligi, o‘zi istiqomat qilayotgan mahalladagi ayollar hamjihatligi va faolligi muhim ekanligi  to‘g‘risidagi fikrlarni, dunyoqarashni, jamoadagi  yigit-qizlarimizda tarbiya, muomala va kiyinish madaniyatini shakllantirishdan iborat edi.


“Konstitutsiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi

05.12.2018 kuni akademik litseyi majlislar zali “Konstitutsiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Ko‘rik-tanlovda Akademik litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G.Z.Igamberdieva, O‘IBDO‘ U.M.Yaxshiev, o‘qituvchilar va o‘quvchilar qatnashdi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizga Konstitutsiyamiz mohiyatini, unda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni, burchlarini yaxshi o‘rgatish va ulardan hayotda foydalanish madaniyati darajasini oshirish, ularni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli komil insonlar qilib tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iboratdir.  Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.


“Breyn-ring” intellektual o‘yin

23-24.11.2018 kuni akademik litseyi ARMida “Breyn-ring” intellektual o‘yin tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G. Z. Igamberdieva, 1 va 2 kurs guruh o‘quvchilari ishtirok etdi.  Tadbirdan maqsad Akademik litsey o‘quvchilarini kitobxonlikka jalb qilish, milliy va chet el asarlarga qiziqishni oshirish, serqirra bilimlarni egallash, dunyoning har bir chekkasiga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni egallash. O‘quvchilar orasida jonli raqobatni shakllantirish va shu asnoda yetakchilik xissiyotini shakllantirish.


Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik

22.11.2018 kuni akademik litseyi majlislar zalida “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G.Z.Igamberdieva, “Axoli va raxbarlar tarkibini tayyorlash markazi” boshlig‘i leytenant Rustamov A.A., 4 nafar shaxsiy tarkib qutqaruvchilari va 2 nafar markaz o‘qituvchilari, akademik litsey o‘qituvchilari, guruh rahbarlari va o‘quvchilar qatnashdi.

Vatanimiz kelajagi va taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan, namunali hulq va go‘zal tabiatli, ilmga chanqoq, o‘ziga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana oladigan,  yuksak ma’naviyat hamda salohiyat egasi bo‘lgan o‘quvchilarimizga favqulodda noxush va xavfli bo‘ladigan xodisalarda qanday qilib birinchi yordam berish, o‘zini xavfsiz joylarda saqlash, favqulodda vaziyatlarda insonlar hayotini saqlab qolinishida ogohlantirishlar, ayniqsa mamlakatimiz va jamiyatimiz ertasiga zarur bo‘lgan farzandlarimizning o‘z  kelajagiga ishonch hosil qilishdir.


Bayrog`imiz-faxrimiz

16.11.2018 kuni Akademik  litseyi  foyesi “Bayrog`imiz-faxrimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda akademik  litseyi direktori,  MMIB direktor muovini, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri N.Safarov, o`qituvchilar va o`quvchilar qatnashdi.

O`quvchilarda vatanparvarlik, milliy g`urur, iftixor tuyg`usini  shakllantirish. O`quvchi yoshlarimizni  Davlatimiz ramzlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash.


Zamonamiz yoshlari

02.11.2018 kuni Akademik litseyi majlislar zalida “Zamonamiz yoshlari” mavzusida davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Unda litsey direktori U.T.Yuldasheva, MMIBDO‘ G. Z. Igamberdieva,  karate-do bo‘yicha Osiyo chempioni, To‘maris malikasi Badalova Xilola, MY5 telekanali boshlovchilari o‘qituvchilar, guruh rahbarlari va o‘quvchilar tadbirda qatnashdilar.
Akademik litsey o‘quvchilari ongida ma’naviy-axloqiy tarbiyani yuksaltirish, g‘oyaviy, mafkuraviy va informatsion tahdidlar va ularning turli salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.


Imtihon  jarayonidan lavhalar


E’lon!!!


Hashar hammamizga yarashar


30.01.2017 kuni  akademik litseyida  O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Mustaqil yurtning millat otasi” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi D. Rasulova kirish so‘zi bilan ochib,  bugun sizlar bilan O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan I.Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Mustaqil yurtning millat otasi” nomli tadbirga yig‘ildik. D. Rasulova o‘z so‘zida davom etib, hammamizga ma’lumki, Islom Abdug‘anievich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirdi deya ta’kidlab, so‘z navbatini tadbir boshlovchilariga berdi.

Tadbir boshlovchilari Abdusamatova Diyora va Shukurxodjaev Adxam tadbirni kirish qismi bilan boshlab, saxnaga 3-kurs 5i-15 va 4i-15 gurux o‘quvchilari tomonidan  I. A. Karimov xayoti, ijodi  va yutuqlari xaqida birma –bir  eslatib o‘tdilar. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov vafotidan keyin qilingan ishlar ketma – ketligi o‘quvchilar tomonidan eshittirildi. So‘zni tadbir boshlovchilariga berib saxnaga “Zulfiyaxonim qizlari” taklif etildi.
2-bosqich 7f-16 guruxi va 1-bosqich 3i-17 gurux o‘quvchilari  so‘zga chiqib, maqollar,  she’rlar va aforizmlar aytib o‘tildi va saxnaga raqqosa qizlarimiz taklif etildi. 

2-bosqich 4i-16 guruxi o‘quvchilari tomonidan “Xorazm lazgisi” qo‘shig‘iga raqs guldastasi taqdim etildi.
Tadbir yakunida so‘zga Xotin – qizlar tashkiloti raisi D. Rasulova chiqib, tadbirni juda xam unutilmas saviyada o‘tganligi va tadbirni o‘tkazgan “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi G. Rasulova va Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi G. Kazakovalarga o‘z minnatdorchiligini aytib tadbirni yakunladilar.


Vatan  mehri bilan yuraklar yonsin

2018 yil 12 yanvar kuni 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi  Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan “Vatan  mehri bilan yuraklar yonsin” mavzusida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 77692-Harbiy qism vakillari hamda Chingeldi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji vakillari, TTESI akademik litseyi direktori U.T.Yuldasheva, MMIB direktor muovini I.D. Qodirov,  YoChT rahbari I.Yusupov, YoChQBT va Jismoniy tarbiya kafedrasi raxbari Safarov N, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi G. Kazakova,   o‘qituvchilar va 265 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.

  


Jaholatga qarshi ma’rifat

2017 yil 21 dekabr kuni Akademik litseyda Yakkasaroy tuman xokimligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan xamkorlikda “Ijtiomiy-ma’naviy muxitni sog‘lomlashtirish” maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” “Yoshlar diniy ekstremizm, terrorizm, odam savdosi va giyoxvandlikka qarshi kurash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Yakkasaroy tuman Ma’naviyat-ma’rifat kengashi a’zolari, Yakkasaroy tuman IIB bo‘lim boshlig‘i R.T.Turg‘unov, Yakkasaroy tuman MXX xodimi, Yakkasaroy tuman prokurori yordamchilari B.Tolipov, Ubaev S, “Shoxjaxon” MFY faollari, Yakkasaroy tumanida joylashgan AL va KHK MMIB direktor o‘rinbosarlari, TTESI professor o‘qituvchilari, Akademik litsey rahbariyati, 178 o‘quvchilar ishtirok etdilar.


Bayrog‘imiz – faxrimiz

    2017 yil 17 noyabr kuni ertalabki saflanishdaToshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda  O‘zbekiston  Respublikasi Davlat bayrog‘i  qabul  qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlab  “Bayrog‘imiz – faxrimiz”  mavzusida  tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, ularni dDavlatimiz ramzlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda Davlatimiz  bayrog‘ining  qonuniy  asoslari, bayroq  davlatning  mustaqilligini  ifodalovchi  timsol ekanligi, o‘quvchilarga  davlat  ramzlariga  hamisha    hurmat  ko‘rsatish  lozimligi  uqtirib o‘tildi.
MMIB direktor o‘rinbosari  I.Qodirov, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri  N.Safarov, Nizomiy nomidagi TDPU “Harbiy ta’lim” fakulteti amaliyotchi talabalari, kafedra mudirlari, 534 nafar  o‘quvchilar  va  o‘qituvchilar ishtirok etdilar.


Jaholatga qarshi ma’rifat

    2017 yil 15 noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda Ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ma’rifiy uchrashuv akademik litsey o‘quvchilari ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va o‘quvchilarga islom dinining asl mohiyati to‘g‘risida tushuncha berish, millatlararo totuvlikni ta’minlash, o‘quvchilar orasida diniy ekstremizm, missionerlikning salbiy oqibatlari bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Ma’rifiy uchrashuvda Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.M.Muxammadboqiev, Yakkasaroy tumani “Rakat” jome’ masjidi imom xatibi R.J.Muxammadiev, Yakkasaroy tuman hokimiyati Ma’naviyat-ma’rifat markazi rahbari B.Yusupov, TTESI qoshidagi akademik litsey MMIB direktor o‘rinbosari I.Qodirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi G.Kazakova, o‘qituvchilar va 164 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.


Konstitutsiya- inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolati

    2017 yil 14 noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan  “Konstitutsiya- inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida o‘quvchilar orasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va ularning konstitutsiyaviy bilimlarini boyitish, o‘quvchilar ongida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ular orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi SVVOJDLQK departamentining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektori B.B.Maxmudov, 2-Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchisi N.Xojiev, MMIB direktor o‘rinbosari I.Qodirov, o‘qituvchilar va 169 nafar o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Davra suhbati “Uzreport” telekanalida yoritildi.


Ona tilim jarangi – olam uzra taralgay

    2017 yil 25 oktyabr kuni Toshket to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyda 21-oktyabr  O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun munosabati bilan  “Ona tilim jarangi – olam uzra taralgay” nomli bayram tadbir o‘tkazildi. Bayram tadbirida “O‘zbekiston Respublikasi davlat tili haqidagi qonun”dan lavhalar,  sahna ko‘rinishlari, ajoyib raqslar, hikmatli so‘z va maqollar, “Qobusnoma” dan keltirilgan hikmatlar ona tilini madh etuvchi she’rlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.


“Eng yaxshi kitobxon” nomli ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intelektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlari, milliy va jahon adabiyotlaridan foydalanish kabi vazifalar belgilangan. Akademik litseyning o‘quvchi yoshlarida o‘qish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.

        

“Eng yaxshi kitobxon” nomli ko‘rik tanlov shartlari

Har bir guruh 8-10 nafar o‘quvchilardan iborat kichik guruhlarga bo‘lingan holda shartlar amalga oshiriladi.
1- shart. Tanlab olingan asar har bir ishtirokchi tomonidan o‘qib chiqilishi va uning tahlili.
2-shart. Asarning muallifi, tarixi hamda mazmuni bo‘yicha slaydlar ko‘rinishida taqdimot o‘tkazish.
3-shart. Asar syujeti asosida sahna ko‘rinishini namoyish etish.
4-shart. Ko‘rik tanlov taqdimoti  o‘tkaziladigan auditoriyalarni asarga mos ravishda bezash, zamonaviy o‘qitish vositalari (kompyuter, disklar, proektorlar) bilan jihozlash, ko‘rinishlarda kostyumlar va boshqa rekvizitlardan foydalanish.


 Barkamol avlod-2017

2017 yil 27 may kuni Jizzax shahri O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’quvchi-yoshlarning “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarida Badminton sport turi bo’yicha Toshkent shahri jamoasi a’zosi Shavkatova Shirin I-darajali DIPLOM bilan taqdirlandi.