Matematika va informatika kafedrasi

“Matematika va informatika” kafedrasi

“Matematika va informatika” kafedrasida hozirda  8 nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra a’zolarining  1 nafari fan nomzodi.


Kafedra ish rejasi va kafedra yig‘ilishlari rejasi tuzilgan, pedkengashda tasdiqlangan. Har oyning seshanba kunlari soat 13-30 da kafedra yig‘ilishlari o‘tkaziladi, bayonnomalari yozib boriladi.
“Matematika va informatika” kafedrasida quyidagi fanlardan darslar o‘tiladi:
Chuqurlashtirilgan  fanlar: Algebra va matematik analiz asoslari, Geometriya, Matematikadan konkurs masalalari
Qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlar: Informatika va axborot texnologiyalari,
Umumta’lim fanlari: Matematika,

Kafedrada 2016-2017 o‘quv yili uchun barcha fanlardan yangi namunaviy dastur asosida ishchi dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib,  ular asosida taqvim-mavzu rejalar tuzilgan va  pedkengashda tasdiqlangan.
Kafedra o‘qituvchilari kafedrada o‘qitilayotgan chuqurlashtirilgan va qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlardan o‘quv – uslubiy majmualar va ma’ruza matnlari to‘plamini yangilash va boyitish ustida ish olib bormoqdalar. O‘quv mashg‘ulotlari taqvim-mavzu rejalar asosida olib borilmoqda. Har  bir o‘quv mashg‘uloti uchun texnologik model va texnologik xaritalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda dars davomida foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar va metodlar ham ko‘rsatilgan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ochiq darslar jadvali tuzilgan va tasdiqlangan. Noyabr oyida Matematika fani o‘qituvchisi Shaposhnikova Yevgeniya Andreevna “Geometriya” fanidan 2-kurs 7i-15 guruhida “Vektorlar ustida amallar” mavzusida,  Matematika fani o‘qituvchisi Djuraeva R.K. 4i-16 guruhida “Algebra va matematik analiz asoslari” fanidan “Foiz va murakkab foizga doir misol va masalalar yechish” mavzusida,  dekabr oyida informatika fani o‘qituvchilari Abdullaeva Dilorom va Boxodirova Gulnozalar tomonidan birgalikda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan “Axborotlarni himoya qilishning kriptografik va stenografik himoya usullari” mavzusida 2-kurs 1a-15 guruhi o‘quvchilari bilan, Shapkin Petr tomonidan 3-kurs 3a-14 guruhida “Algebra va matematik analiz asoslari” fanidan “Primenenie integrala pri vychislenii ploshadey i obyomov tel vrasheniya” mavzusida, informatika fani o‘qituvchisi Nagornaya N tomonidan 3a-15 guruhida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan “Graficheskie vozmojnosti programmы DELPHI” mavzusida ochiq darslar o‘tkazildi, yanvar oyida Matematika fani o‘qituvchilari Abdullaeva M   4i-15 va 5i-15 guruhlari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi”ni   o‘tkazdi, Djuraeva R  1- kurs aniq fanlar yo‘nalishidagi 4i-16  va xorijiy filologiya yo‘nalishidagi 7f-16 guruhlari o‘quvchilari bilan “Matematik monopoliya” nomli matematik bellashuv tadbirini o‘tkazdi, mart oyida Xlebalina Yu 1-kurs aniq fanlar yo‘nalishidagi 2a-16 guruhi va 6i-16 guruhi o‘quvchilari bilan “Urta osiyolik matematik olimlar” mavzusida ochik tugarak mashg‘uloti o‘tkazdi. Shuningdek, TDPUning “Informatika va axborot texnologiyalari” fakultetining bakalavr amaliyotchilari kafedra o‘qituvchilari bilan hamkorlikda bir necha guruhlarda ochiq darslar o‘tkazdilar. Ochiq darslar juda qiziqarli va maroqli o‘tdi. Ochiq darslar kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib qilindi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi, dars tahlillari muhokama qilindi va baholandi. Ochiq darslarda o‘qituvchilar bir necha pedagogik texnologiyalar:

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quv yili davomida o‘zaro darslarni kuzatish, yozma rasmiylashtirilgan holda taxlil qilish kafedra yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi va muxokama qilinadi.
Fevral oyida TDPU “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi proffessor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Akademik litseyning ta’limi tizimida zamonaviy pedagogik, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashda o’qitish samaradorligini oshirish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda

  1. D.Davletov, “Geometriyani o’qitishda analogiyadan foydalanish”
  2. M.Barakayev, “Matematikani o’qitishda loyihalash”
  3. Shapkin P.V., “Исползование программы Геогебра на уроках математики”
  4. Shaposhnikova Ye.A. “Преподавание математики на английском языке” lar o‘z ma’ruzulari bilan qatnashib, seminarda o‘z tajribalari va uslublari bilan o‘rtoqlashdilar hamda yangi dasturiy imkoniyatlar haqida foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Kafedra o‘qituvchilari kafedrada o‘qitilayotgan chuqurlashtirilgan va qo‘shimcha chuqurlashtirilgan fanlardan o‘quv – uslubiy majmualar va ma’ruza matnlari to‘plamini yangilash va boyitish ustida ish olib bormoqdalar.
Kafedra a’zolari akademik litseyda o‘tkazilib kelinayotgan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok   etib kelmoqda. Kafedra a’zolaridan 7 nafari guruh rahbari bo‘lib, ular guruh o‘quvchilari bilan barcha tadbirlarni o‘tkazishda birga ishlab kelmoqda.
Ayni paytda kafedra qoshida 6 ta fan to‘garagi mavjud va har bir to‘garak o‘z maqsadiga ega.
“Umar Xayyom” to‘garagi (Rahbari  R.Jo‘raeva). Bu to‘garakning maqsadi matematika tarixini,  buyuk matematiklar ishlarini o‘rganish.
“Yosh matematiklar” to‘garagi (Rahbari  M.Abdullaeva). Bu to‘garakning maqsadi o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash.
“Matematicheskiy kaleydoskop” to‘garagi (Rahbari Shaposhnikova Ye.A) Bu to‘garakning maqsadi geometrik tasavvur qilish qobiliyatini rivojlantirish, test yechishni o‘rgatish
“Xorazmiy izdoshlari” to‘garagi (Rahbari Turakulov N) Bu to‘garakning maqsadi qiziqarli matematikadan masalalar yechish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
“Chetvyortoe izmerenie” to‘garagi (Rahbari Shapkin P) Bu to‘garakning maqsadi o‘quvchilarning fazoviy geometriyadan tasavvur qilish malakasini shakllantirish  mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
“Kompyuter tarmoqlari va internet ” to‘garagi (Rahbari Kubeev D) Bu to‘garakning maqsadi kompyuterning ichki qurilmalarini o‘rnatish, kompterga dasturiy ta’minotlarni yuklash va kompterga texnik xizmat qilishni o‘rgatish
“Kompyuter grafikasi” to‘garagi (Rahbari Abdullaeva D). Bu to‘garakning maqsadi kompyuterda tayyorlangan hujjatlarga ishlov berishni, uni bezashni o‘rganish, Corel Draw, PotoShop kabi grafik dasturlarning imkoniyatlarini o‘rganish.
“Yosh dasturchi” to‘garagi ( Rahbari  Boxodirova G). To‘garakning maqsadi dasturlash tillari (Paskal, DELPHI, 3D MAX va boshqalar)ning qo‘shimcha imkoniyatlarini o‘rganish.
“Matematika dlya vsex” to‘garagi (Rahbari Karimova Ye.A.) Bu to‘garakning maqsadi qiziqarli matematikadan masalalar yechish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
Mazkur o‘quv yilida o‘quvchilarda  matematika va informatika fanlariga  nisbatan qiziqishlarini  yanada  oshirish  maqsadida, kafedra azolari  2017 yilning aprel oyida  fan  haftaliklarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Xaftalik rejalari tuzilgan va o‘quv bo‘limi tomonidan tasdiqlangan.

Kafedra o‘qituvchilari o‘quvchilarning ota-onalari bilan o‘quv yili davomida ishlar olib borishi rejalashtirilgan, ota-onalar yig‘ilishlarida  faol ishtirok etib ota-onalar bilan muloqotda bo‘lmoqdalar.
Kafedra o‘qituvchilari bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga ham o‘z xissalarini qo‘shmoqdalar. O‘zlariga biriktirilgan bitiruvchilar va ularning ota-onalari bilan bog‘lanib guruh rahbarlariga amliy yordam ko‘rsatmoqdalar.
Kafedra a’zolari kafedrada tuzilgan jadval asosiga tartib bilan va undan tashqari ham o‘quvchilar turar joyiga borib, navbatchilikda turadilar va o‘quvchilarning dars tayyorlashiga yaqindan yordam beradilar. Kafedra a’zolari litseyning xodimlar bo‘limi tomonidan tuzilgan navbatchilik asosida akademik litsey binosida navbatchilikda ham qatnashib kelmoqdalar.

Akademik litsey hududini obodonlashtirishda kafedra a’zolari biriktirilgan guruhlari bilan birgalikda muntazam qatnashishmoqda.