Rahbariyat

Umida Tuxtamuradovna Yuldasheva

2005-yildan TTYeSI qoshidagi akademik litsey direktori, 1959-yilda tug’ilgan, o’zbek, oliy ma`lumotli, 1982-yil ToshDUning Amaliy matematika fakultetini tamomlagan, Texnika fanlari nomzodi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi vazifalaridan kelib chiqib, ta`limni tubdan islox qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, akademik litseyda o’quv jarayoni borishini yaxshilash, o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirish sifatini oshirish hamda o’qituvchilarning doimiy ravishda o’z ustida ishlash masalasini yo’lga qo’yish maqsadida akademik litsey o’qituvchi-pedagoglariga qo’yiladigan talablar ishlab chiqib, akademik litsey o’qituvchilari o’rtasida «Yil o’qituvchisi» va guruh murabbiylari o’rtasida «Namunali murabbiy» nominatsiyalari bo’yicha tanlov uyushtirish va bu tanlovni doimiy o’tkazilishini yo’lga qo’ygan.
U.Yuldasheva darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar bilan muntazam shug’ullanadi. Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida shug’ullanib, ularni fan olimpiadalariga tayyorlash uchun o’qituvchi va o’quvchilarga barcha sharoitlar yaratgan. Bundan tashqari, tarix, adabiyot, ingliz tili, informatika, kimyo-biologiya fanlaridan to’garaklar tashkil etilgan. To’garak a`zolari tomonidan tuman, shahar, respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashib, sovrinli o’rinlarga yega bo’lishlarida U.Yuldashevaning hissasi beqiyosdir.
U.T.Yuldasheva akademik litsey xayotida faol, mehnatsevar rahbar sifatida hamkasblari orasida obro’-e`tiborga ega. U o’zining talabchanligi, o’z kasbiga mehr qo’yganligi bilan o’quvchilarning hurmatiga sazovor bo’lgan.
U.T.Yuldasheva akademik litseydan tashqari O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi va boshqarmasi, Yakkasaroy tuman hokimligi hamda Toshkent  to’qimachilik va yengil sanoat instituti tarafidan uyushtirilgan tadbirlar, kechalar, konferentsiyalarda faol ishtirok etadi.

Telefon: (71)253-64-19

Email: t.ttyesial@markaz.uz

Qabul kuni: Seshanba, Juma. Soat 15:00 – 17:00


Ro’ziyev Oybek Sa’dulloyevich

2019-yil sentabr oyidan TTYeSI akademik litseyi O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ro’ziyev Oybek Sa’dulloyevich 1979-yilda tug’ilgan. Millati o’zbek. Oliy ma’lumotli. 1999-yil Buxoro davlat universiteti Fizika matematika fakultetining fizika yo’nalishi (bakalavr), 2002-yilda O’zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti Optika, magnitoptika va molekulyar optika yo’nalishi (magistr)ni tamomlagan.
2007-yil TTYeSI qoshidagi akademik litseyida o’quvchilarga fizika fanidan saboq berdi.
2009-2011 yillar oralig’ida O’zDJTU qoshidagi akademik litseyda Chuqurlashtirilgan fanlar bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida, 2011-2013 yillar TMI qoshidagi akademik litseyida fizika fani o’qituvchisi va O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlagan.
Akademik litseyda o’quv-tarbiya jayonini tashkil etish bo’yicha Ro’ziyev Oybek Sa’dulloyevich boshchiligida bir qancha ishlar yo’lga qo’yildi. Jumladan, o’quvchilarni OO’Yurtlariga kirish ko’rsatkichlarini oshirish uchun muntazam ravishda o’quvchining tanlagan yo’nalishi bo’yicha test o’tkazib boriladi va natijalar tahlil qilib boriladi. O’qituvchilar tomonidan olib boriladigan dars mashg’ulotlari sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga qo’llash maqsadida seminar – treninglar o’tkazilishi yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari me’yoriy hujjatlar yuritilishi bo’yicha o’qituvchilarga ko’rgazmali seminar mashg’ulotlari muntazam ravishda o’tkazilib kelinadi.
Ro’ziyev Oybek Sa’dulloyevich doimiy ravishda o’z ustida ishlaydigan mohir pedagog, fidoyi o’qituvchidir. U darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar bilan muntazam shug’ullanadi.


Gavhar Zokirjanovna Igamberdieva

2018-yil 17-avgustdan akademik litsey ma`naviy-ma`rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, 1976 yilda tug’ilgan, o’zbek, oliy ma`lumotli, 1999-yil ToshDUning fizika fakultetini tamomlagan. Fransuz tili bo’yicha Respublika OTMlari orasida o’tkazilgan olimpiadada faxli 1-o’rinni egallagan. Fransiyaning Marli le Rua shaxrida taxsil olgan.
Gavhar Igamberdieva o’ziga yuklangan vazifalarni sidqidildan bajarib, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, kechalar, konferentsiyalar, uchrashuvlar, Yakkasaroy tumani hamda akademik litsey «O’zbekiston yoshlar ittifoqi» tomonidan tashkil etilgan tadbirlar, har xil sport musobaqalari tashkil qilishda faol ishtirok etadi. Bundan tashqari o’quvchilarning darsdan bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun Toshkent shahar teatrlari, muzeylari va yoshlarga mo’ljallangan katta tadbirlarga o’quvchilar tashrifini muntazam ravishda uyushtirib kelmoqda. Toshkent shahar hokimligi, Yakkasaroy tuman hokimligi hamda O’MKHT boshqarmasi topshirig’iga binoan o’tkaziladigan hasharlarda Akademik litsey xududi va uning atrofida obodonlashtirish, tozalash ishlarini tashkil etishda va bunga barcha o’quvchi va o’qituvchilarni jalb qilishda o’z hissasini qo’shmoqda.
O’quvchilar harakati bo’yicha amalga oshirilgan ishlaridan o’quvchilarning oilaviy sharoitiga ko’ra yashash joyiga yaqin ta`lim muassasalarida o’qishini davom ettirishiga yordam berish maqsadida Ikrom Qodirovning Yakkasaroy tuman VYIK bilan aloqa o’rnatib, o’quvchilar safidan chiqarilishiga, surunkali dars qoldiruvchi o’quvchilarning guruh murabbiylari bilan birgalikda ota-onasi yoki mahalla qo’mitasiga xat-telegrammalar yuborib, o’qishiga qaytarishga qaratilgan ishlarni aytib o’tish mumkin.

Telefon: (71) 280-54-29