Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi faoliyati

     TTESI qoshidagi akademik litsey tashkil topganidan buyon muassasada “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi faoliyat olib bormoqda. Kafedra doirasida akademik litsey o‘quvchilariga O‘zbekiston va jahon tarixi, Ma’naviyat asoslari, Milliy istiqlol g‘oyasi, Falsafiy fanlar, Huquqshunoslik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish, oila psixologiyasi kabi fanlardan samarali saboq berib kelinmoqda. Turli yillarda kafedrada t.f.n. A.Qozoqboev, X.Usmonov, S.Toshquvvatov, A.Ismoilovlar faoliyat olib borganlar. Bugungi kunda esa kafedrada K.Xaydarova, S.Bobonazarov, S.Platonova, G‘.Mirzaev, G.Xudaykulova, G.Rasulova, X.Xaknazarov, M.Qurbonov, A.Oltiboevlar yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar. Kafedra a’zolari akademik litseyning ma’naviy va ma’rifiy, obodonlashtirish, sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.


Turli yillarda kafedra ustozlari muallifligida bir qator o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, uslubiy ko‘rsatmalar va elektron adabiyotlar nashr etilgan. Xususan A.Qozoqboev, A.Ismoilov va X.Xaknazarovlar tomonidan “O‘zbekiston va jahon tarixi majmuasi”, A.Ismoilov tomonidan “Testlar to‘plami”, “O‘zbekiston tarixi fanidan praktikum” va boshqa bir qator kitoblar chop etildi.
Akademik litseyda kafedra xonasi, fanlarga ixtisoslashgan alohida xonalar mavjud. Kafedra xonalarining deyarli barchasi tarix va boshqa ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan xaritalar va boshqa ko‘rgazmali qurollar, televizor, proektorlar bilan jihozlangan. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari uchun kafedrada ko‘chma proektor ham mavjud. Mazkur vositalar kafedra o‘qituvchilariga dars jarayonida ilg‘or pedagogik va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan faol foydalanish imkonini bermoqda.


Bugungi kunda kafedra a’zolaridan G‘.Mirzaev, X.Xaknazarov va A.Oltiboevlar OAK tasarrufidan o‘tgan mavzularda ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Shuningdek kafedraning barcha o‘qituvchilari mahalliy, Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o‘z maqolalari bilan faol ishtirok etmoqdalar.
Kafedra TTESIning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, O‘zMU tarix fakulteti, Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi va boshqa qator muassasalar bilan hamkorlik aloqalariga ega.
Kafedrada “Yosh tarixchi”, “Yosh huquqshunos”, “Konstitutsiya bilimdonlari”, K.Xaydarova rahbarligida “Yosh psixologlar” to‘garaklari samarali faoliyat yuritib kelmoqda.