CHQBT

Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va jismoniy tarbiya kafedrasining faoliyati to‘g‘risida

YoChQBT va Jismoniy tarbiya kafedrasi 2013-yil 27-sentyabrda bo‘lib o‘tgan akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga asosan hamda akademik litseyning 30.09.2013 yildagi 168-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi.  Kafedra ish faoliyatini boshlaganda 6 nafar o‘qituvchi bilan ish boshlagan edi. Barchasi TDPU ning YoChQBT va Jismoniy tarbiya kafedrasini tamomlagan. Kafedra a’zolari akademik litseyning ma’naviy va ma’rifiy, obodonlashtirish, sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.


Kafedra YoChQBT xonasi, fuqaro muhofazasi xonasi, meditsina xonalari to‘liq jixozlangan. Plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, televizor, video proektlar, DVD, kompyuter, o‘quv darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlangan.
Akademik litseyda sport zal, sport maydonchalari, to‘siqlar yo‘lagi, shon-sharaf muzeyi, otish tiri, yugurish yo‘llari, granatalar uloqtirish joyi mavjud, o‘quvchilar harbiy sport musobaqalarida hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqda.


Sport to‘garaklari – futbol, voleybol, stol tennisi, milliy kurash, basketbol, shaxmat-shashka, yengil atletika to‘g‘araklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
YoChQBT fanidan “Mohir o‘qchi” to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda.