Ona tili va adabiyot kafedrasi

 “O’zbek tili va adabiyot” kafedrasi

     “O‘zbek tili  va adabiyot ” kafedrasida 3 nafar o`qituvchi asosiy shtatda faoliyat olib bormoqda. Bular:

  1. Kafedra mudirasi:  Yoqubova Sevra Baxtiyorovna (katta o‘qituvchi)
  2. Qurbonova Sevinch Qahramonovna  (mutaxasis)
  3. Ismailova Sarvinoz Ochilovna (katta o‘qituvchi)

O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi o’qituvchilari “Hozirgi o’zbek adabiy tili”, “Adabiyot”, “Adabiyot qoidalari”, “Xalq og’zaki ijodi”, “O’zbek tili”, “Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” fanlaridan dars berib kelmoqda.
Kafedrada o’quv yili boshida barcha fanlardan ishchi dasturlar ishlab chiqilgan, ular asosida taqvim mavzu- reja tuzilgan. To‘rt  nafar o’qituvchi sinf rahbarlik faoliyatini olib bormoqda.  Bular Sh Ashurova, Sh Nabiyeva, S Yoqubova, Qurbonova Sevinch.


Fan kabinetlari (202, 203, 204) mavjud bo’lib, talab darajasida jihozlangan. Kafedramizda komptyuter va 2 ta televizor kabi texnik vositalar mavjud bo’lib ular asosida noana’naviy, zamonaviy darslar tashkil qilinmoqda.
Kafedra o‘qituvchisi Abduraimov Shoxrux oliy o‘quv yurtiga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun uch kitobdan iborat bo‘lgan “Universal qo‘llanma” nomli uslubiy qo‘llanma chop ettirdi.
Kafedra o‘qituvchisi To‘raqulova Oqila “Akademik litseylarda mutolaa madaniyatini rivojlantirishning texnologiyasi” mavzusida PHD nomzodlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda.
Kafedra o‘qituvchilari o‘z sohalari bo‘yicha respublikada bo‘ladigan ilmiy konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan muntazam ishtirok etadilar.