Litsey haqida

FARZANDLARIMIZ BIZDAN KO`RA KUCHLI, BILIMLI, DONO VA ALBATTA BAXTLI BO`LISHLARI SHART!

                       I.A.KARIMOV

O’zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda bo’lib o’tgan Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan Ta`lim to’g’risidagi va Kadrlar tayyorlash  milliy dastur to’g’risidagi qonunlarida ta`lim-tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali  mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ta`lim sohasidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish masalasi, jumladan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari ko’ndalang qilib qo’yildi.
Bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun 1998 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligining  Yangi turdagi o’quv yurtlari tashkil etish to’g’risidagi qaroriga asosan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litsey o’z faoliyatini boshladi. Ya`ni 1998 – yil 16 – iyulda 192- sonli qaroriga ko’ra Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litsey  tashkil etildi.
Akademik litsey ustavi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyatining 1998 yil 30 noyabrdagi 1617-sonli qarori bilan ro‘yxatga olingan, O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari R.X.Juraev tomonidan tasdiqlangan. TTESI qoshidagi akademik litsey binosi 2007 yilda qayta qurilgan. Davlat byudjeti va Koreya davlati krediti loyihasi hamda “El”firmasining jihozlari asosida jihozlangan. Quvvati  720 o‘rinli.